Toshkentdagi Mustaqillik maydoni 1866-yildan buyon muhim qarorlar qabul qilinadigan markaz hisoblanadi. Turli davrlarda bu yerda turar joy mavzesi, cherkov bo‘lgan, unda harbiy paradlar o‘tkazilgan. Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan “Gazeta.uz” mamlakatning bosh maydoni fototarixini tayyorladi.
Mustaqillik maydonidagi 1992 yili «vaqtincha» o‘rnatilgan globus (Ozodlik obidasi) tagiga 17 yil avval ona va bola haykali qo‘yilgandi. U salkam 15 yil O‘zbekistonning oliy mehmonlari uchun birinchi manzil bo‘ldi, Islom Karimov esa bu monument «kelin-kuyovlar uchun sevimli qadamjo»ga aylanishiga ishongandi.
31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting